Iroqda bomba o'rnatilgan avtomobil portlashi sabab yetti kishi halok bo'ldi

0

Iroq g'arbidagi Anbar viloyatida bomba yuklangan avtomashinaning portlashi natijasida yetti kishi qurbon bo'lgan. Bu haqda Iroq axborot agentligi xavfsizlik xizmatining bayonotiga asoslanib xabar berdi.

Avvalroq, hodisa sabab Iroq xavfsizlik xizmatining to'rt xodimi halok bo'lgani aytilgandi.

Bayonotga ko'ra, yana yetti kishi jarohat olgan. Hozirda biror-bir guruh portlash uchun javobgarlikni zimmasiga olganicha yo'q.

loading...