Navoiyda haydovchi traktor tirkamasiga urilishi natijasida voqea joyida hayotdan ko'z yumdi.

0

Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida traktor tirkamasiga urilgan «Cobalt» haydovchisi  voqea joyida halok bo'lgan.  Ma'lumotlarga ko'ra, vafot etgan haydovchi 1959 yilda Buxoro viloyatida tug'ilgan. YTHning sodir bo'lishiga haydovchining oraliq va yon masofani saqlamagani sabab bo'lgan.

 

Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmatining video xabariga ko'ra,  voqea 14 fevral kuni soat 17:00 atrofida Qiziltepa tumani A-379 yo'lining 91-kilometrida sodir etilgan.  «Cobalt» haydovchisi mazkur yo'lda Buxoro–Navoiy yo'nalishida harakatlanib kelayotib, hushyorlikni yo'qotgan va yo'lda obodonlashitirish ishlari olib borayotgan tirkama orqasiga to'qnashgan.

Hozirgi kunda tuman IIB tergov bo'limi tomonidan tergov ishlari olib borilmoqda.

loading...