Andijonda profilaktika inspektorlarining tushuntirish targ'ibot ishlari natijasida 2 ta ov qurolining ixtiyoriy ravishda topshirilishiga erishildi

0

Andijon viloyati IIB  xodimlari hamda boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda o'tkazilayotgan keng qamrovli “Tozalash-Antiterror” va “Zarbdor oyligi” tezkor-profilaktik tadbirlari davomida jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasini ta'minlash borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Marhamat tumani IIB profilaktika katta inspektori Sh.Karimov tomonidan fuqarolar orasida tushuntirish targ'ibot ishlari natijasida, tumanning Turon MFYda yashovchi, Azimov Farrux Tulanboyevich otasi yashab o'tgan eski uyining omborxonasini buzayotib, yog'ochlar orasidan topilgan bir dona bir stvolli, 16 kalibrli, 1961 yilda ishlab chiqarilgan ZK rusumli ,№ P 10058 raqamli, ov qurolini o'z xohishi bilan tuman IIB ixtiyoriga topshirgan.

Shuningdek, Qo'rg'ontepa tumani IIB profilaktika katta inspektori  O'.Nurboyev tomonidan olib borilgan tushuntirish targ'ibot ishlari ham o'z natijasini berib, tumanning Navoiy MFYda yashovchi fuqaro Iminjonov Orifjon Alixonovich   yashash uyining tomida  temir sandiq ichida bo'lgan marxum otasidan qolgan  IJ-17 rusumli, 1 stvolli, 16 kalibrli, № v 00297 raqamli, 1964 yilda ishlab chiqarilgan ov qurolini o'z ixtiyori bilan tuman IIBga topshirgan.

Shu o'rinda ov qurollari saqlanishi tartib-qoidalarini yaxshi tushungan fuqarolarimiz qonunga rioya qilib, o'z xohishlari bilan o'qotar qurollarni davlat egaligiga topshirayotganligini ham alohida ta'kidlab o'tishni o'rinli deb bilamiz. Har bir yurtdoshimiz o'z uyida noqonuniy tarzda ov quroli saqlanayotgan bo'lsa, uni ichki ishlar idorasida ro'yxatdan o'tkazishi zarurligini unutmasligi kerak! Zero, qonunga rioya qilish, ehtiyotkorlik bir qancha ko'ngilsizliklarning oldini oladi

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

loading...