Asakada 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo'ldi

0

Joriy yilning 2 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda «Asakada 3 ta avtomobil to'qnashdi» sarlavhasi ostida video lavha tarqaldi.

IIV YHXBB Axborot xizmatining xabar berishicha, joriy yilning 28 fevral kuni soat 06:30larda, Andijon viloyati, Asaka tumani, Dasturxonchi MFY hududidan o'tgan A-373 avtomobil yo'lining 421-kilometrida «Neksiya» hamda ikki «Damas» rusumli transport vositalari ishtirokida to'qnashuv sodir bo'lgan.

To'qnashuv natijasida tan jarohati olganlar yo'q. Avtomobillar texnik shikastlangan.

Mazkur YTH yuzasidan Asaka tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, to'qnashuv sabablariga aniqlik kiritilmoqda.

loading...