Fuqaroni 15 000 AQSh dollari evaziga Iqtisodiyot universitetiga o'qishga kiritib qo'yishni va'da qilgan firibgar ushlandi

0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Olmazor tuman bo'limi tomonidan DXX va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o'tkazildi.

Unda, fuqaro F.A. noqonuniy daromad orttirish maqsadida fuqaro L.Z.ni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga o'qishga kiritib qo'yishga ishontirib, evaziga 15 000 AQSh dollarini firibgarlik yo'li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.

loading...