Ishtixon tumanida yashovchi fuqaroning uyida marixuana topildi

0

2021 yil 23 fevral kuni soat 5:00 da Ishtixon tumani hududida «Zarbdor oyligi» tezkor-profilaktik tadbirini o'tkazish va bu borada amalga oshirilishi lozim bo'lgan zaruriy chora-tadbirlar rejasiga asosan, giyohvand vositalarini tarqalishini oldini olish bo'yicha Ishtixon tumani IIB xodimlar tomonidan, Ishtixon tumani «Boytuvi» mahallasida yashovchi 1966 y.t. fuqaro Q.Bning yashash uyi kirish yo'lining to'g'risida joylashgan daraxt o'simligi shoxlarini orasidan rangsiz sellofan paketi ichida yashil rangli, quruq holdagi, o'ziga xos o'tkir hidli taxminan og'irligi 100 gramm bo'lgan «marixuana» giyohvandlik vositasi topilib, xolislar ishtirokida tegishli tartibda hujjatlashtirildi.

Mazkur holat yuzasidan Ishtixon tumani IIB huzuridagi Tergov bo'limi tomonidan Jinoyat kodeksning 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

IIV JQBB Giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish boshqarmasi

loading...