Moskva davlat universiteti eksperti: Pandemiya tugagandan so'ng migrantlar Rossiya iqtisodiyotini saqlab qolishi mumkin.

0

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning topshirig'iga binoan Rossiya hukumati tez orada mamlakatdagi qurilishishlariga mehnat muhojirlarini jalb qilish uchun yangilangan shartlarni taqdim etishi kerak. Karantin cheklovlari sabab mehnat muhojirlarining Rossiya Federatsiyasi hududiga kirish imkoniyatlari kamaydi. Buesa Rossiya iqtisodiyotiga salbiy ta'sir ko'rsatdi.
2020 yil dekabr oyi oxirida Rossiya Federatsiyasi Bosh vazirining o'rinbosari Marat Xusnullin qurilish sohasida ishlaydigan 1,5 million muhojir pandemiya tufayli Rossiyaga qaytib kelmaganligini aytdi. Shu bilan birga iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari, jumladan qishloq xo'jaligi, sanoat va logistika ham ishchilar yetishmasligidan aziyat chekdi.
Pandemiya sharoitida Rossiya mehnat bozoridagi mehnat muhojirlarining roli va nima uchun yaqin qo'shni davlatlardagi migrantlar ishlashga qiziqish bildirayotgani haqida yurist, migratsiya qonunchiligi sohasidagi mutaxassis Baxrom Ismoilov bilan sentr.ru nashri suhbatlashdi
– Rossiya ommaviy axborot vositalarining e'tiborini tortgan yangiliklaridan biri bu Rossiya Federatsiyasi hukumati darajasida mehnat muhojirlari uchun mamlakatga kirishni soddalashtirish bo'yicha bo'layotgan bahs-munozaralardir. Nega bu masala bugun Rossiyaning turli darajadagi boshqaruv sistemalarida muhokama qilinmoqda?
– 2020 yil mamlakatga kirishda cheklovlar mavjud edi. Vaziyat Rossiya Federatsiyasi hukumatining davlat xavfsizligi to'g'risidagi buyrug'i bilan tartibga solingan, bu chet elliklarga Rossiya Federatsiyasiga faqat quyidagi toifalar bo'yicha kirishga imkon beradi:
✔ Rossiya Federatsiyasining yaqin qarindoshlari bo'lganlar (onasi, otasi va qizi, Rossiyaga davolanishni amalga oshirish yoki o'tash uchun kelgan er, xotin).
✔ Rossiya hukumati tomonidan uskunalarni yig'ish yoki o'rnatish uchun kirish huquqiga ega bo'lgan shaxslar kiradi, ya'ni mamlakat uchun muhim bo'lgan iqtisodiy tarmoqlarning hayotiy faoliyatini ta'minlash uchun Rossiyaga kelishlari kerak bo'lgan malakali kadrlar va boshqalar.
Endi Rossiya iqtisodiyoti, bashoratqilinganidek, ishchi kuchi yetishmovchiligiga duch keldi. Ishlab chiqaruvchilar, tashuvchilar va dehqonlar ish holatidan aziyat chekishdi. Mana shu muammo sabab, ular barcha davlat idoralariga murojaat qilishdi. Shuning uchun, ularning sektoriga qo'shimcha ishchi kuchini olib kirishga ruxsat beriladi.
Mehnat muhojirlarining kirib kelishi uchun birinchi bo'lib qurilish sohasiga ruxsat berildi. Rossiya Federatsiyasi Bosh vazirining o'rinbosari Marat Xusnullin va qurilish vaziri oldida ushbu qarorni qabul qilish turardi. Nihoyat, Golikova Tatyana Aleksevnaning shtab-kvartirasi qurilish sohasida ishlaydigan odamlar kelib ishlashlari mumkin bo'lgan alohida farmonni qabul qildilar.
– Hozir qishloq xo'jaligi va qurilish sanoatidan tashqari yana qaysi sohalar mehnat muhojirlarining yordamiga muhtoj?
– Rossiya Qishloq xo'jaligi vazirligi va Qurilish vazirligi allaqachon hukumatdan xorijiy fuqarolarning Rossiyaga kirishni soddalashtirilgan mexanizmlarini ishlab chiqishni so'ragan. Hozir migrantlar mehnatiga juda muhtoj bo'lgan uchinchi sektor-bu uy-joy kommunal sohasi. Shuningdek, muhojirlar uchun omborxona, sanoat ishlab chiqarishi, shu jumladan yengil va oziq-ovqat sanoati sohasida ham o'zgarishlar kutilmoqda.
– Mehnat migratsiyasi uchun nafaqat Rossiya megapolislari – Moskva va Sankt-Peterburg, balki viloyat markazlari ham borgan sari qiziqish uyg'otmoqda. Har bir mintaqada migrantlarni ish bilan ta'minlash sohalari turlicha .Savol, hamma joyda «pul ishlash» imkoniyati bormi?

– Ha, albatta, bandlikning ba'zi bir jozibali yo'nalishlarini mintaqaviy taqsimoti haqida gapirish mumkin. Agar biz Rossiya Federatsiyasining janubii haqida gapiradigan bo'lsak, demak bu qishloq xo'jaligi, mehmonxona biznesi, turizm. Agar mamlakat shimoli va Uzoq Sharq haqida gapiradigan bo'lsak, u yerda yirik infra tuzilma loyihalari sohasi qiziqtirishi mumkin. Rossiyaning markaziy qismiga kelsak, migrantlar bu yerda ko'pincha chakana savdo yoki xizmat ko'rsatish sohasida ishlaydi.
– Migrantning ishi qanday tartibga solinadi, patent mexanizmi qanday ishlaydi?
– Patent – bu Rossiyaga vizani talab qilmaydigan tarzda kelgan chet el fuqarosi tomonidan ishlash uchun ruxsatnoma. Bir tomondan, hujjat chet el fuqarosiga Rossiya Federatsiyasi hududida ishlash huquqini bersa, boshqa tomondan, uning Rossiya Federatsiyasi hududida qonuniy ravishda belgilangan soliqlar va yig'imlarni to'lash majburiyatini nazarda tutadi.
Pandemiya sababli karantin cheklovlari davrida Rossiya Federatsiyasi hududidagi mehnat muhojirlariga nisbatan qanday choralar ko'rildi?
– 2020 yil aprel oyida Rossiya Federatsiyasi Prezidenti «Yangi koronavirus infeksiyasining keyingi tarqalish xavfi bilan bog'liq holda, Rossiya Federatsiyasidagi xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarning huquqiy holatini hal qilish bo'yicha vaqtinchalik chora-tadbirlar to'g'risida»gi farmoni qabul qilindi. Uning ma'nosi nimada va mehnat muhojirlarining ahvolini qanday yengillashtirish mumkin? Ushbu Farmon bilan chet el fuqarolaridan vaqtincha bo'lish muddatini uzaytirish (shu jumladan vizalarni uzaytirish) talab qilinmaydigan rejim tasdiqlandi. Shunga ko'ra, vizasini yangilashga ulgurmagan muhojirlarni hech kim jazolay olmadi. Shuningdek, Rossiya Federatsiyasiga viza talab qilmaydigan tartibda kelgan xorijiy fuqarolar patentni ro'yxatdan o'tkazish uchun hujjatlarni topshirish muddati talablarini hisobga olmagan holda murojaat qilish huquqiga ega bo'ldilar.
– Koronavirusga cheklovlar qo'yilgan dastlabki kunlarda Rossiya Federatsiyasi hududida mehnat muhojirlarining majburiy turishi tufayli jinoyatchilik darajasi oshadi, degan fikrlar bildirilgan edi. Nima uchun bu salbiy bashoratlar amalga oshmadi?
– Birinchidan, dastlab bunday qo'rquvlar umuman asosga ega emas edi. Mamlakatda sodir etilgan jinoyatlar statistikasiga asoslanib, ularda chet el fuqarolarining ulushi taxminan 4 foizni tashkil etadi. Shu sababli, ushbu toifadagi shaxslar to'satdan sodir etilgan jinoyatlar sonini g'ayri tabiiy ravishda ko'paytirishi uchun imkoniyat ham bo'lmagan. Ikkinchidan, koronavirusga cheklovlar davrida do'stlik instituti faol ish olib bordi, bu esa turli xil yordam fondlarini tezkor tashkil etishga, mehnat muhojirlari bilan aloqada bo'lishga yordam berdi. Masalan, men va mening hamkasblarim «Saxovat» xayriya jamg'armasini tashkil qildik, u bahordan beri Rossiyada ishsiz va tirikchiliksiz qolgan O'zbekiston fuqarolariga hamda ularning oila a'zolariga oziq-ovqat paketlari shaklida yordam ko'rsatdi.

tarjumon.uz

loading...