Murabboli ponchik resepti

0

Nafaqat bolalarga, balki kattalarga ham yoqadigan mazkur mazali shirinlikni tayyorlab ko'ring. Yumshoqqina ponchiklarni murabbo va shakar kukuni bilan yanada yoqimli qilish mumkin.

Kerakli mahsulotlar:

un — 500 gramm;
shakar kukuni — 60 gramm;
quruq xamirturush — 3 choy qoshiq;
sariyog' — 100 gramm;
tuxum sarig'i — 3 dona;
sut — 250 ml;
o'simlik yog'i — 1500 ml;
murabbo — 300 gramm;
tuz — bir chimdim.
Tayyorlanish jarayoni

Chuqurroq idishga un, shakar, xamirturush va tuz solib aralashtiring.
Sariyog'ni suv hammomida eritib, soviting. So'ngra uni tuxum sarig'i va iliq sut bilan unli aralashma ustiga soling. Yaxshilab aralashtirib, yumshoq xamir qoring.
Tayyor xamirni o'simlik yog'i bilan yog'lang. Ustiga plyonka yoki sochiq yopib, iliq xona haroratida bir yarim soatga oshiring.
Xamirni ehtiyotkorlik bilan olib, 1 sm qalinlikda yoying. Yana 2-4 daqiqa tindiring.
Oshgan xamirdan qolip yordamida diametri 7-8 santimetrli doirachalar kesib oling. Ularning ustini plyonka bilan yopib, yana 30 daqiqaga qoldiring.
Tovada o'simlik yog'ini o'rta olovda qizdiring. Xamirlarni bir-biriga tegmaydigan qilib, ikki tomonini qizartirib pishirib oling.
Tayyor ponchiklarni yog'ni shimdirish uchun qog'oz salfet ustiga soling.
Ponchilklarning o'rtasini teshib, qandolat qopi yordamida ichiga murabbo quyib chiqing.
Dasturxonga tortishdan avval ustiga shakar kukuni sepishni unutmang.
Yoqimli ishtaha!

loading...