​​Behzod Musayev boshchiligida ijtimoiy sohadagi natijalar bo'yicha ochiq muloqot o'tkazildi

0

Kecha Toshkentda Elektron ommaviy axborot vositalari va nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi tashabbusi bilan ommaviy axborot vositalari, nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari o'rtasida parlament Qonunchilik palatasi deputatlari va yoshlarning O'zbekiston hukumati a'zolari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Davlat sektori vakillari va rahbarlar guruhini O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari Behzod Musayev boshqardi.

Muloqot davomida jurnalistlar va hukumat vakillari ijtimoiy sohadagi islohotlarning samaradorligi masalalarini muhokama qildilar. Uchrashuvdan ayrim tezislar:

– 2017-2020 yillarda ijtimoiy sohaga 188,8 trillion so'm (22 milliard AQSh dollari) ajratildi.
-“COVID-19”ga chalingan kasallarni davolashga ixtisoslashgan maxsus shifoxonalar, karantin majmualari va zamonaviy laboratoriyalarni zudlik bilan qurish uchun 96 million dollar miqdoridagi mablag' ajratildi.

– Tibbiyot xodimlari ish haqi 1,5 baravarga oshirildi, tibbiyot markazlari soni 18 taga yeo'paydi, hududlarda 310 ta maxsus bo'limlar tashkil etildi, “tez tibbiy yordam” soni 818 tadan 1666 taga ko'paytirildi.

– Xitoy bilan hamkorlikdagi vaksinaning ehtimoliy zararli ta'siri minimal ko'rsatkich 0.8%ni tashkil etdi. Bu boshqa vaksinalarga qaraganda ancha kamroq natija.

– Ta'lim tizimining byudjeti so'nggi to'rt yil ichida 3,3 baravarga oshirildi.

– 2021 yilda mamlakatimizda 10 ta Prezident maktabi va kimyo, biologiya, matematika va axborot texnologiyalari bo'yicha 197 ta ixtisoslashtirilgan maktab ochiladi.

– 240 mingdan ziyod maktab o'qituvchilarining ish haqi 1,5 baravarga ko'paytiriladi. Ushbu maqsadlar uchun byudjetdan 400 milliard so'm ajratiladi.

– Tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlashga ajratilgan umumiy mablag' 6,9 trln. so'mni tashkil etdi. Qiyin turmush sharoitida yashayotgan 8 mingga yaqin kam ta'minlangan ayollar imtiyozli uy-joy bilan ta'minlandi.

Umuman olganda, bunday muloqot va uchrashuvlar boshqa komplekslar bo'yicha ham o'tkazilsa yaxshi bo'lardi.

loading...