Farg'ona viloyatida o'tkazilgan tezkor tadbirlari natijasida giehvandlik moddalarni noqonuniy saqlash bilan bog'liq holatlar aniqlandi

0

2021 yil 25 fevral'  kuni Quvasoy shahar IIB navbatchilik qismiga kelib tushgan habarga asosan Quvasoy shahar IIB JQB xodimlari tomonidan “Nazorat ostida olish” tadbiri davomida, Quvasoy shahar “Yoshlik” mahallasi hududida, ushbu mahallada yashovchi 1975 y.t. fuqaro M.R. ko'zdan kechirilganida, uning yonidan 2 dona dumaloq shakldagi, to'q yashil rangli, o'tkir hidli modda aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida xolislar ishtirikida rasmiylashtirildi.

Mazkur holat yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Shu bilan bir qatorda Quvasoy shahar “Cho'lpon” mahallasida yashovchi  1969 y.t. fuqaro X.Xning yashash xonadoni ko'zdan kechirilganida, ushbu fuqaro o'z xohishi bilan yon cho'ntagidan 1 dona to'q sariq rangli idishda, 28 dona dumaloq shakldagi o'tkir hidli, to'q yashil rangli 25 gramm “gashish” moddani taqdim qildi, uyini ko'zdan kechirish davomida, unga avvaldan tanish bo'lgan Quvasoy shahar “Yoshlik” mahallasida yashovchi, 1981 y.t. fuqaro M.B. borligi ma'lum bo'ldi. M.Bning yoni ko'zdan kechirilganida, uning yonidan sellofan paketga o'ralgan, 1 dona dumaloq shakldagi, to'q yashil rangli, o'tkir hidli modda aniqlandi. Ushbu moddalar daliliy ashyo tariqasida xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olindi. Bundan tashqari tezkor ma'lumotga asosan, Quvasoy shahar “Zinat” mahallasida yashovchi 1991 y.t. fuqaro T.G'dan Quvasoy shahar IIB  JQB xodimlari tomonidan noqonuniy narsalarni taqdim qilish so'ralganida, fuqaro T.G'. 1 dona, dumaloq shakldagi, to'q yashil rangli, o'tkir hidli 1 gramm “gashish” moddani taqdim qildi hamda ushbu modda daliliy ashyo sifatida xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olindi.

Holatlar yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 276 moddasi 1, 5 – qismlari bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

IIV JQBB Giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish boshqarmasi

loading...