Italiyada koronavirusning «nigeriyacha» shtammi aniqlandi

0

Italiyaning shimolidagi Breshiya shahrida olimlar koronavirusning «nigeriyacha» shtammini aniqladi. Bu haqda Italiya virusologlar jamiyati prezidenti va mikrobiologik laboratoriya direktori Arnaldo Karuzo ma'lum qildi, deb yozadi «RBK».

«Italiyada ilk marotaba biz mutatsiyaga uchragan shtammni aniqladik, bu xavotir tug'diradi, chunki ushbu shtamm bugungi kunda mavjud bo'lgan COVID-19 vaksinalariga chidamli bo'lishi mumkin», — dedi Karuzo.

Avvalroq Italiya hukumati koronavirus tarqalishi sababli joriy etilgan cheklovlarni kuchaytirgan edi. Cheklovlar asosan mamlakat shimolini, xususan, Milan va Turin shaharlarini qamrab oldi. Ikkala shahar ham 1 martdan boshlab xavflilik darajasi bo'yicha «to'q sariq» hududlar tasnifiga kiritildi. Xuddi shu toifaga mamlakatning markaziy qismida joylashgan va Adriatika dengiziga chiqish imkonini beradigan Marke mintaqasi kiritildi. Shu bilan birga, Molize va Bazilakata hududlari (mamlakatning markazi va janubida) «qizil» zonalar sifatida belgilanadi. Cheklov choralari qatoriga bar va restoranlarning yopilishi, mazkur shaharladan chiqishni taqiqlash kiradi. «Qizil» hududlarda maktablar onlayn ta'limga o'tadi.

Ta'kidlanishicha, cheklovlarning kuchaytirlishiga koronavirusning yangi turlarini yuqtirish holatlarining ortishi sabab bo'lgan.

loading...