Janubiy Sudanda samolyot quladi. Qurbonlar ayollar va bolalar

0

Janubiy Sudanda yo'lovchi samolyoti qulashi oqibatida kamida 12 kishi halok bo'lgan.

Juba xalqaro aeroporti direktori Kur Kuolning aytishicha, South Supreme samolyoti havoga ko'tarilgandan ko'p o'tmay, Jongley shtatining Peyri hududida qulagan.

Uning so'zlariga ko'ra, voqea qurbonlarining aniq soni va halokat sabablari hali aniqlanmagan.
Mahalliy ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, avariya oqibatida 10 yo'lovchi va ikki uchuvchi halok bo'lgan.
Eye Radio radiostansiyasining ma'lumotida, halok bo'lganlar orasida ikki bola va olti ayol bo'lgani aytilgan.

loading...