Kentukki shtatida kuchli yomg'irlar toshqin keltirib chiqardi

0

AQShning Kentukki shtatida kuchli yomg'irdan keyin toshqin boshlandi.

 

Ma'lum qilinishicha, hodisa sabab aholi uylarini suv bosgan, yo'llar yuvilib ketgan.

 

Iqlimshunoslarning ma'lumotlariga ko'ra, atigi bir kunda 127 millimetrdan ko'proq yog'ingarchilik kuzatilgan, bu esa daryolarning toshishiga olib kelgan. Rasmiylar favqulodda holat e'lon qilgan. Qutqaruv xizmatlari kuchaytirilgan rejimda ishlamoqda, maxsus texnika jalb qilingan.

 

Manba: Aniq.uz

loading...