Moliya vaziri o'rinbosari nima sababdan lavozimidan ozod etildi?

0

Ta'kidlanishicha, Ergashevning iste'fosi uning boshqa lavozimga o'tkazilishi bilan bog'liq. U shu paytgacha Moliya vazirligida Agrosanoat majmuasi va atrof-muhitni muhofaza qilish moliyasi, yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish va kompleans-nazorat, axborot texnologiyalari va xavfsizlikni ta'minlash masalalariga mas'ul bo'lgan.

A. Ergashev 1977 yili Surxondaryo viloyati Qumqo'rg'on tumanida tug'ilgan. Dastlab, Termiz davlat universiteti, 2004 yili Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va 2009 yilda Davlat va jamiyat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.

O'zbekiston bosh prokurori Nig'matilla Yo'ldoshev 2020 yilning 11 noyabr kuni bosh vazir o'rinbosari Jamshid Qo'chqorovga yo'llagan xatida Bosh prokuratura tomonidan Davlat moliyaviy nazorati departamentining joriy yilda yetishtirilgan g'alla hosilini moliyalashtirish jarayonida qonun buzilishi holatlariga yo'l qo'yilgani masalasi o'rganilayotgani bildirilgan.

Ushbu masalaga moliya vaziri o'rinbosari ham aralashgan bo'lishi mumkin, shu tufayli Bosh prokuratura tekshiruv o'tkazib, holatga aniqlik kiritishni niyat qilgandi. Ammo tekshiruv natijasi bo'yicha jamoatchilikka axborot berilmagan.

loading...