RONALDU YuVENTUSNI YoZDA TARK ETIShI MUMKIN…

0

Turinning «Yuventus» klubi yozgi transfer oynasida portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu bilan xayrlashishi mumkin, deb xabar bermoqda Calciomercato.

Gazetaning yozishicha, Italiya klubi futbolchining maoshini to'lashni davom ettira olmaydi, bu soliqlarni hisobga olgan holda yiliga 60 million yevroni tashkil qiladi. Forvardning shartnomasi 2022 yilning yozida tugaydi, ammo «Yuventus» kelasi mavsumda kelishuvni moliyalashtirish uchun mablag' topishda qiynalmoqda.

Joriy mavsumda 36 yoshli Ronaldu «Yuventus» tarkibida barcha musobaqalarda 29 uchrashuv o'tkazdi, 26 gol urdi va uchta golli pas berdi.

loading...