Samarqandda ayol va uning qizini lo'lilar “fol ochaman” deb «shilib» ketdi

0

2021 yil 01 mart kuni Qo'shrabot tuman IIBga, tumanning “Qovunchi” mahallasida yashovchi fuqaro T.S. ariza bilan murojaat qilib, 2021 yil 01 mart kuni ikki nafar lo'li millatiga mansub ayollar onasi va singlisini “fol ochaman” deb, ikki juft tilla sirg'alarini aldov yo'li bilan talon-toroj qilib ketganligini bayon qilgan.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmatining xabar berishicha, “Zarbdor oyligi” doirasida olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida, viloyat IIB YHXB xodimlari tomonidan ushbu jinoyatni Ishtixon tumani, “Ishtixon” mahallasi, “Navoiy” ko'chasida yashovchi B.M. hamda S.S.lar sodir etganligi aniqlanib, ulardan ikki juft ayollar sirg'asi daliliy ashyo tariqasida olingan.

Holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi Tergov bo'limi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atildi.

loading...