Turkiyaga bormoqchi bo'lgan o'zbekistonliklar ogohlantirilmoqda

0

O'zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi Turkiya Respublikasiga vaqtincha yoki doimiy yashash maqsadida tashrif buyurishdan avval O'zbekiston davlat va xususiy idoralaridan olingan barcha hujjatlarni apostil qilishni tavsiya qilmoqda.

O'zbekiston Respublikasining quyidagi vakolatli tashkilotlarida xujjatlarga Apostil qo'yiladi:

•  O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida – sudlar, adliya organlari va muassasalaridan chiqadigan rasmiy hujjatlar bo'yicha;

•  O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida – prokuratura, tergov va surishtiruv organlaridan chiqadigan rasmiy hujjatlar bo'yicha;

•  O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazida – ta'lim va fan sohasi tashkilotlaridan chiqadigan rasmiy hujjatlar bo'yicha;

•  O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida – sudlanmaganlik va boshqa rasmiy hujjatlar bo'yicha.

Izoh: O'zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi hozirgi kunda, faqatgina O'zbekistonning FHDYo organlaridan olingan guvohnomalarni nusxasini tasdiqlash imkoniga ega ya'ni, nikoh tuzilganligi, tug'ilganlik hamda o'lim haqidagi guvohnomalar.

loading...