Uch yoshli bola narkotikdan zaharlandi

0

Moskvada uch yoshli bola otasiga tegishli giyohvand moddalar saqlanayotgan tuynukni topib, ulardan zaharlandi.

Hodisa shaharning janubi-g'arbiy Golubinskaya ko'chasida sodir bo'lgan. Ona oshxona yumushlari bilan shug'ullanayotgan paytda bola xonada o'ynab yurgan. Bola javondan o'ram topib olib, uni tatib ko'rgan. Bolasi jimjit bo'lib qolganidan xavotirlangan 25 yoshli ayol uni axtarib xonaga kirganida, o'g'lini hushsiz holda ko'rib, darhol tez yordam chaqirdi.

Ma'lum bo'lishicha, ayolning eri besh yil avval javonda ochilgan tuynukda giyohvand modda saqlagan, ayol bundan xabardor bo'lgan, ammo vaqt o'tishi bilan tuynuk ularning esidan chiqib ketgan. Shifokorlar bolani zudlik bilan giyohvand moddadan zaharlanish tashxisi bilan shifoxonaga yotqizishdi. Ayni paytda bola shifoxonada, shifokorlar uning salomatligini tiklash yo'lida harakat qilishmoqda.
Tergov qo'mitasi tergovga qadar tekshirish ishlarini boshlab yuborgna. Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari oiladagi sharoit va bola tarbiyasini o'rganishadi. Bolaning otasi hozir qaerda ekani noma'lum.