XTV maktab bitiruvchilarini ogohlantirdi.

0

O'tgan o'quv yilida barchaga abiturientlarning hujjatlari Davlat test markazining abitur.dtm.uz sayti orqali onlayn qabul qilindi. Onlayn hujjat topshirish uchun bitiruvchilarning pasport ma'lumotlari  (jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami -JShShIR) kiritish talab etiladi. Shu bois, 16 yoshga to'lgan bitiruvchilar o'z vaqtida pasport (ID karta)  olishlari zarur. Bu haqda Xalq ta'limi vazirligi maktab bitiruvchilarini ogohlantirish bilan chiqdi.

Bu jarayonda Xalq ta'limi vazirligi DTM bilan o'zaro hamkorlikni yo'lga qo'yib, OTMga hujjat topshirish uchun bitiruvchilarga yanada qo'laylik yaratish maqsadida attestat.uzedu.uz elektron bazasi DTM abitur.dtm.uz sayti bilan integratsiya qilingan.

Ma'lumot uchun, joriy o'quv yilida maktablarni 437 mingdan ortiq o'quvchilar bitiradi. Bugungi kunda bitiruvchilarning elektron ma'lumotlar bazasi attestat.uzedu.uz saytida 16 yoshga to'lgan 153 mingdan ortiq bitiruvchilar (35%) pasport olmagan.

«Hurmatli ota-onalar, aziz bitiruvchi yoshlar!

Fuqarolik huquqidan foydalangan holda 16 yoshga to'lgan maktab bitiruvchilarining o'z vaqtida pasport olishini ta'minlashingizni so'raymiz.

Maktab ma'muriyatidan esa bitiruvchilarning pasport ma'lumotlarini attestat.uzedu.uz saytiga kiritib, ularni kelgusida oliy ta'lim muassasalariga hujjatlarini topshirishda ko'maklashishga chaqiramiz»,–deyiladi vazirlik axborotida.

Eslatib o'tamiz, 16 yoshga to'lgan bitiruvchilar pasport olishlari uchun o'zlari doimiy ro'yxatda turgan hududdagi Ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmalariga murojaat etishlari mumkin.

loading...