Boyovutlik qizaloq ikkinchi marotaba O'zbekiston chempioni bo'ldi

0

Boyovutlik Malika Jumayeva yosh bo'lishiga qaramay 8 yoshgacha bo'lgan bolalar o'rtasida o'tkazilgan shaxmat musobaqasida mutlaq g'olib bo'lib, O'zbekiston chempioniga aylangan. 2018 yilda 8 yoshgacha bo'lgan bolalar o'rtasida o'tkazilgan Osiy chempionatida 4-o'rinni egallagan bo'lsa, 2019 yilning avgust oyida Xitoyda o'tkazilgan Jahon chempionatida erishgan natijalariga ko'ra kuchli o'nlikdan o'rin oldi. Bu haqda Boyovut tumani hokimligi Axborot xizmati ma'lum qildi.

Joriy yilning 24 fevralda Toshkent shaxrida 6-8-10-12 yoshli bolalar o'rtasida boshlangan O'zbekiston cheiptonati 5 mart kuni o'z yakuniga yetdi. Respublika chempionatida Mamatqul Xaylayev yaratib ketgan shaxmat maktabi tarbiyalanuvchilari bo'lgan Sirdaryo viloyati terma jamoasi ham munosib qatnashishdi.

10 yoshgacha bo'lgan qizlar o'rtasida 9 imkonyatdan 7,5 ochko jamg'argan Malika Jumayeva ikkinchi marotaba O'zbekiston chempioni bo'ldi.

Endi Malika Jahon chempionatida O'zbekiston terma jamoasi nomidan qatnashadi.

loading...