«Eski juva» bozorida nima janjal bo'ldi? Poytaxt IIBB aniqlik kiritdi (video)

0

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentning «Eski juva» bozorida ayollar o'rtasidagi janjal aks etgan video tarqaldi.

Mazkur holatga Toshkent shahar IIBB aniqlik kiritdi.

Ma'lum bo'lishichA, 23 fevral kuni Shayxontohur tumani IIO FMBga 39 yoshli Zulfiya K. ariza bilan murojaat qilib, u bilan janjallashib haqorat qilgan qarindoshlari – 58 yoshli Matluba Sh. va uning o'g'li Xojiakbar Sh.larga nisbatan qonuniy chora ko'rishni so'ragan.

Mazkur holat yuzasidan Matluba Sh. va Xojiakbara Sh.larga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 183-moddasi (“Mayda bezorilik”) alomatlari bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, hujjatlar qonuniy qaror qabul qilishlik uchun tuman sudiga yuborilgan.

loading...