«Kechir, biz charchadik!» Ona 39 yoshli nogiron o'g'lini zaharladi

0

Rossiya Federatsiyasining Novosibirsk viloyati Berdsk shahrida yashovchi 62 yoshli ayol o'zining tug'ilgan kunida 39 yoshli nogiron o'g'lini o'ldirib, o'z joniga qasd qilishga urindi. Bu haqda «KP.RU» xabar berdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, 2 mart kuni ayol butun umri davomida parvarish qilgan o'g'liga juda ko'p miqdorda kuchli ta'sir etuvchi dorilar bergan, shundan so'ng o'zini o'ldirishga qaror qilib, eriga xat qoldirgan. «Kechir, biz charchadik», deb yozgan ayol.

Xatda, shuningdek, o'g'lining ham o'lishga rozi bo'lganligi aytilgan.

Vafot etgan o'g'li hamda o'lim ostonasida bo'lgan rafiqasini topib olgan er shu zahoti «Tez yordam»ga qo'ng'iroq qilgan. O'g'ilni saqlab qolishning imkoni bo'lmagan, ayol esa kasalxonaga yotqizilgan.

Tergov qo'mitasi qotillik yuzasidan jinoiy ish qo'zg'atgan.

loading...