Xitoyliklar Rossiya bilan harbiy ittifoq tuzishni istamaydi.

0

Pekin Vashington va Moskva o'rtasidagi ziddiyatga aralashishdan qo'rqadi

«Xitoy Rossiya bilan NATOga qarshi birlashgan front yaratmoqchi emas. Ikki mamlakat o'rtasidagi harbiy aloqalar strategik sheriklikning ustuni bo'lib xizmat qiladi. Ammo partiyalar harbiy bloklarga qo'shilmaslik prinsipiga rioya qilishadi va hech kim bilan qarama-qarshilik qilishni xohlamaydilar» -deydi XXR mudofaa vaziri.
Keltirilgan, ushbu sharh Rossiya prezidenti Vladimir Putinning rus-xitoy ittifoqi tashkil qilinishi haqidagi so'zlarini unutmagan xorij matbuoti va xitoylik mutaxassislarni tinchlantirishga qaratilgan. Aslida, Pekin bunday variantni rad etib, Vashingtonga u bilan o'zaro kelishmovchiliklarni hal qilishga umid qilayotganini bildirmoqda.
«So'z chumchuq emas, u uchib ketadi, uni tutolmaysan.»- Putin

Yaqinda bo'lib o'tgan intervyusida ushbu maqolni keltirgan Putin oktyabr oyida Rossiya-Xitoy ittifoqi to'g'risida aytgan o'z so'zlarini deyarli unutdi «Siz har xil o'ylashingiz mumkin. Biz munosabatlarimizni o'zaro ta'sir va ishonch asosida qurilganidan kelib chiqdik» deydi u.
Xitoy va G'arbdagi tahlilchilarning Rossiya Federatsiyasi bilan XXR o'rtasida harbiy bitim tuzish g'oyasi hali ham davom etmoqda. Amerikada, National Interest va boshqa nashrlarda Vashingtonga quyidagicha maslahat berilgan.

«Rossiyaga bosim o'tkazishda harakat qilmang, aks holda biz uni Xitoy ajdarining changaliga solamiz».

Pekindagi Xitoy ijtimoiy fanlar akademiyasining xodimi Cheng Yijun davlat rahbarlarini Rossiya bilan ittifoqni qabul qilmaslikga chaqirdi. «Harbiy ittifoqlar Sovuq Urushdan qolgan meros bo'lib, Xitoy ularning tarkibiga kirishi uchun qonuniy ehtiyoj yo'q. NATO Xitoyga emas, SSSRga qarshi turish uchun yaratilgan. Va hozirga qadar ushbu tashkilot Xitoyning asosiy manfaatlariga zarar yetkazmagan. Agar ittifoq paydo bo'lsa, u Pekinni Yevropa va Rossiya o'rtasidagi to'qnashuvlarga tortadi », – deya ogohlantiradi Cheng.
Shuningdek, boshqa xitoylik mutaxassislar Moskva Pekinni G'arbga qarshilik ko'rsatish niyatida ittifoq yaratishga ishontirishi mumkinligidan qo'rqishini aytadi.
Shanxaylik harbiy ekspert Ni Lesyunning so'zlariga ko'ra, faqat urush olib bormoqchi bo'lgan mamlakatlar harbiy ittifoq tuzishni reja qilishadi. Bu bilan ular o'zlarini burchakka haydab, muzokaralar uchun zarur bo'lgan joydan mahrum qilmoqdalar deb hisoblaydi.
Pekindagi harbiy mutaxassis, ismini oshkor qilmaslik sharti bilan «South China Morning Post» gazetasiga intervyu berdi. Mutaxassisning so'zlariga ko'ra, Si va Putin bir-birini eng yaxshi do'st deb atashadi. Ammo XXR rahbari Xitoy va SSSR o'rtasida bo'linish qanday sodir bo'lganligini yaxshi eslaydi. Xitoy rahbari Putin bilan shaxsiy aloqada, ammo u AQSh prezidenti Jozef Bayden bilan ham aloqada.
«Shunisi e'tiborga loyiqki, xitoylik tahlilchilarning alyans haqidagi salbiy mulohazalari Gonkongda nashr etilgan gazeta tomonidan e'lon qilingan. Va Xitoy Kommunistik partiyasining markaziy organi bo'lgan «Xalq jurnali» va hukumat idoralari Mudofaa vazirligi vakili nutqining faqat shu qismini oshkor qildi, u yerda XXR va Rossiya o'rtasidagi harbiy aloqalarning ijobiy tomonlari haqida gaplashgan. Suhbatda ularning «o'zaro hurmat, adolat, xolislik, hamkorlik va yutuq» ga asoslanganligi ta'kidlandi.

Xo'sh, bu bayonot nimani anglatadi va nega endi aytilmoqda?

Rossiya Fanlar akademiyasining Uzoq Sharqshunoslik instituti yetakchi ilmiy xodimi Vasiliy Kashin ING bilan suhbatda quyidagilarni ta'kidladi: «Uzoq vaqt davomida Rossiya va Xitoy tashqi siyosatining ma'ruzalari ittifoqlar g'oyasini tanqid qilishga asoslangan edi. Blok tushunchasining o'zi eskirgan deb aytilgan, hamda Rossiya NATO eskirgan va keraksiz tashkilot deb ta'kidladi. Xitoy ham Amerika ittifoq tizimini tanqid qildi. Shuning uchun, tomonlar ittifoq tuzishlari mumkinligini tan olishmaydi. Agar ularning munosabatlari birlashishga xos xususiyatlarga ega bo'lsa ham, ular ritorika darajasida: «Bu boshqacha, bu juda yaqin sheriklik, o'zaro yordam va do'stlik», deyishadi.
Aslida, Rossiya Federatsiyasi va XXR 2001 yilgi kelishuvda ko'rsatilgan majburiyatlarni bajarishi shart. Unda tomonlardan biriga tahdid bo'lgan taqdirda, tahdidni yo'q qilish bo'yicha maslahatlashuvlar o'tkazish zarurligi aytilgan. Agar siz AQSh-Yaponiya shartnomasi yoki NATO shartnomasini ko'rib chiqsangiz, u yerda majburiyatlar noaniq. Rossiya-Xitoy kelishuvidagi matn bu yerda ularnikidan unchalik farq qilmaydi.

Nega endi bu masala ko'tarildi?

Kashinning so'zlariga ko'ra, bu RF va XXRga tobora ko'proq bosim o'tkazilayotgani bilan bog'liq. Va mumkin bo'lgan ittifoq haqida mulohaza yuritish – bu raqiblarni qo'rqitishning bir usuli.

tarjumon.uz

loading...