Avstraliyada daraxt ustida divan paydo bo'ldi. Bu qanday sodir bo'lganini hech kim bilmaydi (foto +video)

0

Avstraliyaning Vullongong shahrida juda g'alati voqea yuz berdi. Unga ko'ra, mahalliy plyaj yaqinidagi qarag'ay daraxtida uch kishilik qora divan paydo bo'lgan, deb yozadi Meduza.

Unda dam olishning iloji yo'q, sababi divan, taxminan, 25 metr balandlikda – deyarli daraxtning eng tepasida. Divanning qanday qilib tepaga chiqib qolgani va kim bunday balandlikka ko'targanini hech kim bilmaydi, guvohlar ham topilmagan.

Divan maxsus ko'targich yordamida olib tashlangan, qarag'ayga esa zarar yetmagan. Vullongong ma'murlari divan egalari haqidagi ma'lumot bilan bo'lishishga va buni shunchaki qoldirib ketmaslikka va'da bergan.

loading...