Google va Facebook Tojikistonda rasman soliq to'lovchiga aylandi

0

Google va Facebook Tojikistonda soliq to'lovchi sifatida ro'yxatdan o'tdi.

«3 mart kuni Facebook Ireland Ltd kompaniyasidan keyin Google ham Soliq qo'mitasidan chet el kompaniyalari tomonidan ko'rsatiladigan elektron xizmatlar uchun soliq to'lovchi sifatida ro'yxatdan o'tdi», — deb xabar berdi Soliq qo'mitasining matbuot xizmati.

Elektron xizmatlar ko'rsatuvchi chet el kompaniyalarining davlat byudjetiga QQS to'lashni ko'zda tutuvchi qonun 17 yanvardan kuchga kirgan. Bu qonun Tojikistonda raqamli kontentni jismoniy shaxslarga sotuvchi xorijiy kompaniyalarga tegishli.

Tojikiston qonunlariga ko'ra, xorijiy kompaniyalar elektron xizmatlar ko'rsatishni boshlagan sanadan boshlab, 20 kundan kechiktirmay soliq organlarida ro'yxatdan o'tishi kerak. QQS deklaratsiyasi soliq organlariga soliq to'lovchining ingliz tilida mavjud bo'lgan shaxsiy kabineti orqali taqdim etiladi.

Shuningdek, 2020 yildan boshlab O'zbekistonda ham QQS bo'yicha birinchi to'lov Google Commerce Limited kompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan. Kompaniya 2020 yilning birinchi choragi yakunlariga ko'ra davlat byudjetiga 85 ming yevro miqdorida mablag' to'lagan. Google kompaniyasidan keyin Facebook ijtimoiy tarmog'iga egalik qiluvchi, Niderlandiyada ro'yxatdan o'tgan Facebook Technologies Ireland Limited 19 may kuni O'zbekistonda soliq to'lovchi sifatida ro'yxatga olingan edi.

Tengrinews