Avstriya inson o'limi sababli emlashni to'xtatdi

0

Avstriya Angliya-Shvetsiya kompaniyasi AstraZeneca tomonidan ishlab chiqarilgan Covid-19 vaksinasida emlashni to'xtatgan.

Bloklashning sababi – emlashdan keyin bir kishining o'limi va yana birining kasalligini tekshirishdir.

Bir necha kun oldin Avstriyaning Menejment va iqtisodiy tadqiqotlar instituti uchta nemis tilida so'zlashadigan mamlakatlar – Avstriya, Germaniya va Shveysariyada tadqiqot o'tkazgan. Ma'lum bo'lishicha, avstriyaliklar Rossiyaning Sputnik V vaksinasiga AstraZeneca vaksinasidan ko'proq ishonishar ekan.
Tadqiqotga ko'ra, Yevropada hali tasdiqlanmagan Sputnik V vaksinasini Angliya-Shvetsiya kompaniyasining dorisidan ko'ra ikki baravar ko'p avstriyaliklar ijobiy baholashgan.

loading...