Navoiyda 4 nafar ayolga uy, 12 nafar talaba qizga shartnoma puli to'lab berildi

0

Kecha Navoiy shahridagi «Xursand» tantanalar uyida nogironligi bo'lgan va og'ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan ayollar uchun 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar ayyomi munosabati bilan bayram tadbiri o'tkazildi. Bu haqda Xalq so'zi muxbiri xabar berdi.

Tadbirda taklif etilgan ayollarning 12 nafariga nogironlik aravachasi, 15 nafariga bepul davolanishlari uchun order, 14 nafariga salomatligini tiklashlari uchun sanatoriylarga yo'llanma, 4 nafariga uy-joy hamda 8 nafariga uy-joylarini ta'mirlashlari uchun sertifikatlar topshirildi. Shuningdek, OTMlarida tahsil olayotgan 12 nafar talaba qizga shartnoma to'lovlarining maxsus sertifikatlari taqdim etildi.

Ta'kidlash joiz tadbirda sertifikatga ega bo'lgan uch nafar nogiron ayolning xonadoniga shu kuniyoq tashrif buyurilib, ular yangi uy-joy bilan muborakbod etildi.

loading...