BMT Shveysariyada ayollarning niqob taqishlari taqiqlanishini qoraladi

0

BMTning Inson huquqlari bo'yicha boshqarmasi Shveysariyada bo'lib o'tgan jamoat joylarida yuzni yopishni taqiqlash masalasi bo'yicha referendum natijasi yuzasidan ana shunday bayonot bilan chiqdi.

Ekspertlarning fikricha, yuzni berkituvchi libos predmetlari xavfsizlik, salomatlik yoki boshqalarning huquqlariga nisbatan xavf tug'dirishi haqidagi «noaniq ta'kidlar» huquq va erkinliklarni cheklash uchun qonuniy sabab bo'la olmaydi.

«Ayolni eri yoki oila a'zolari majburlagani uchun yoxud diniy e'tiqodidan kelib chiqib o'z xohishi bilan niqob taqqanidan qat'iy nazar, niqobning taqiqlanishi ayollarni chetga surib qo'yadi va ularning jamiyat hayotidan surib chiqarilishiga olib keladi», – dedi boshqarma vakili Ravina Shamdasani.

U Yevropadagi musulmon ayollar liboslari sababli kamsitishlar, dushmanlarcha munosabatga ko'p duch kelishlari va hatto hujumlarga uchrashlarini, niqob yoki paranji taqishning rasman taqiqlanishi vaziyatni yanada murakkablashtirishini ta'kidladi.

Boshqarma musulmon ayollarning kamsitilishiga «qonunan ruxsat berilgani»dan chuqur taassuf bildirgan.