“Lasetti”dagi 100 million so'mlik “Tropikamid” dori vositalari fosh bo'ldi

0

Sifati kafolatlanmagan dori vositalarini noqonuniy  aylanmasiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo'limi xodimlari tomonidan Toshkent viloyati Ohangaron tumani hududida tezkor tadbir o'tkazildi.

Tadbir davomida, fuqaro B.A. boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtotransport vositasi to'xtatilib, o'rnatilgan tartibda ko'zdan kechirildi.

Natijada, avtomashinada tegishli hujjatlari bo'lmagan, xorijda ishlab chiqarilgan umumiy qiymati 108 million so'mlik, jami 900 dona “Tropikamid 10 mg.” nomli dori vositalari borligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

loading...