Qo'qon shahrida “Episa” avtomashinasini olib qochgan shaxs ushlandi

0

Qo'qon shahri .7 mart kuni Q.A. spirtli ichimlik iste'mol qilib, mast holatda qo'shnisi G'.R.ning yashash xonadoni oldida eshiklari qulflanmagan holatda kaliti bilan qoldirilgan «Episa» rusumli avtomashinasini olib qochadi.

Shundan so'ng Turkiston ko'chasida ketayotgan vaqtida fuqaro N.I. boshqaruvidagi «Nexia» rusumli avtomashinaning yo'lini qisib, transport vositalariga xavf tug'diradi. Natijada fuqarolar bu holat haqida IIBga xabar qilgan.

Shundan so'ng Farg'ona viloyati IIB 2 -mintaqaviy hudud PPX 2-batalon xodimlari tomonidan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Qo'qon shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi  (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, unga nisbatan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo'llanilgan.

Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs o'n yil yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

loading...