“Neksiya”dagi 36 million so'mlik tamaki mahsulotlari fosh bo'ldi

0

Bojxona organlari tomonidan yurtimizga tamaki mahsulotlarini noqonuniy olib kirishga bo'lgan urinishlarga o'z vaqtida chek qo'yilmoqda.

Jumladan, Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo'limi xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo'shinlari harbiy xizmatchilari bilan hamkorlikda Yangiqo'rg'on tumanida tezkor tadbir o'tkazishdi.

O'tkazilgan tezkor tadbir davomida Yangiqo'rg'on tumanida fuqaro
R.B. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashina to'xtatilib belgilangan tartibda ko'zdan kechirildi.

Natijada ushbu avtomashinada tegishli hujjatlari bo'lmagan, xorijda ishlab chiqarilgan, umumiy qiymati 36 million so'mlik 2910 quti tamaki mahsulotlari borligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

loading...