Tojikiston va Afg'onistonning taniqli ulamolari Termiz shahriga yetib keldi

0

2021 yil 13 mart kuni Afg'onistonlik mehmonlar Din ishlari bo'yicha qo'mita rahbariyati, O'zbekiston musulmonlari idorasi vakillari va Surxondaryo viloyati hokimligi hamrohligida Afg'oniston delegatsiyasi Termiz shahridagi “Hayraton” chegara maskanida yuksak saviyada kutib olindi. Bu haqda Din ishlari bo'yicha qo'mita  Axborot xizmati xabar berdi.

Dastlab, mehmonlar Imom Termiziy majmuasiga tashrif buyurdilar. Bu mo''tabar zot maqbaralarini ziyorat qilib, Qur'on tilovat etildi, ezgu va xayrli duolar qilindi.

Mehmonlar majmua ziyorati doirasida so'nggi yillarda yurtimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli va izchil islohotlar haqida ma'lumot berildi.

Shundan so'ng, delegatsiya vakillari Termizdan Samarqand shahriga yetib keldilar.

Joriy yil 14 mart kuni Din ishlari bo'yicha qo'mita raisi A.Axmedov va O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi U.Alimov Samarqand viloyati “Sarazm-Jartepa” chegara maskanida Tojikiston delegatsiyasini kutib oldilar.

Ayni damda delegatsiya vakillari Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylarini ziyorat qilishmoqda.

loading...