Abdulla Oripov haqida film ishlanmoqda

0

“O'zbekkino” Milliy agentligi, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti hamkorligida “SPECTRE” kinostudiyasi tomonidan O'zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov haqida hujjatli film suratga olinmoqda.

Mazkur film joriy yil 80 yilligi keng nishonlanayotgan O'zbekiston Qahramoni, O'zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovning hayoti va ijodiga bag'ishlanadi.

Ssenariy muallifi Furqat Usmonov, rejissyor Shohrux Rasulov, operator Jahongir Ibragimov, postanovkachi rassom Akmal Saidov, prodyuser Davronxo'ja Abdug'aniyev.

Filmning s'yomka jarayonlari Toshkent va Qashqadaryoda bo'lib o'tishi belgilangan.

Manba: “O'zbekkino” Milliy agentligi Axborot xizmati

loading...