Qozog'istonda 18 martdan karantin kuchaytiriladi

0

Manbaga ko'ra, ommaviy tadbirlar, shu jumladan, oilaviy marosimlar va ma'rakalar, shuningdek, uyda tashkillashtiriladigan ziyofatlar, to'ylar, yubileylar, ma'rakalarni o'tkazish va ularda qatnashish, bundan tashqari, bayram korporativlari, mitinglar, namoyishlar, yig'inlar tashkillashtirish va o'tkazish taqiqlandi.

 

Faoliyati tiklanmagan ob'yektlar: bouling markazlari, kompyuter klublari (Ashyq sinov loyihasida qatnashayotgan ob'yektlardan tashqari), kinoteatrlar, kinorumlar, bilyardxonalar, karaoke, batutlar, tungi klublar, bukmekerlik idoralari va o'yin klublari, yopiq inshootlardagi o'yin maydonlari va attraksionlar, muz va rolik yaxmalaklari (sport ob'yektlaridagidan tashqari)ga borish taqiqlanadi.

 

21 mart kuni esa Nur-Sultonda lokdaun qilinadi. Deyarli hamma uyida o'tiradi degandek. Shu kuni savdo markazlari, yopiq nooziq-ovqat bozorlari, yopiq sport ob'yektlarining ishlashi taqiqlanadi. Qozog'istonda o'tgan bir kecha-kunduzda 954 kishida koronavirus aniqlangandi.

loading...