Moskva-Toshkent yo'nalishida maxsus poezd qatnovi tashkil qilinadi

0

“Voljskiy – Toshkent” va «Moskva – Toshkent» yo'nalishlarida maxsus poezdlar qatnovi amalga oshiriladi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

 

Koronavirus pandemiyasi vaqtida Rossiyada qolib ketgan o'zbekistonliklarni olib kelish maqsadida “O'zbekiston temir yo'llari” AJ tomonidan navbatdagi maxsus poezdlar qatnovi yo'lga qo'yilmoqda. Jumladan:

 

“Voljskiy – Toshkent” yo'nalishida harakatlanadigan 483/484- sonli poezd 19 mart kuni Moskva vaqti bilan soat 20:50 da “Voljskiy stansiyasidan;

 

«Moskva – Toshkent» yo'nalishida harakatlanadigan 476-sonli maxsus poezd 22 mart kuni Moskva vaqti bilan soat 22:28 da “Kazanskaya” temir yo'l vokzalidan jo'naydi.

 

Yo'lovchilarga chipta xarid qilishda qulaylik yaratish maqsadida chiptalarni elektron tarzda sotish yo'lga qo'yilgan.

 

Voljskiy hamda Moskvadagi fuqarolarimizning yaqinlari O'zbekistonda turib “O'zbekiston temir yo'llari” aksiyadorlik jamiyatining veb-sayti orqali chiptalarni elektron tarzda xarid qilib, internet orqali ayni daqiqada Moskva hamda Voljskiydagi hamyurtlarimizga jo'natishlari ham mumkin.

 

Qo'shimcha ma'lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo'l kassalari hamda ma'lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.

 

Manba: Aniq.uz

loading...