Qoidani buzgan haydovchi jazolandi (+video)

0

 

Buxoro shahrining markaziy ko'chalaridan birida «Matiz» rusumli 80 Z960MA davlat raqam belgili avtomobil haydovchisi yo'l harakati qoidalarining 31-bandida belgilangan talablarga amal qilmasdan, svetoforning taqiqlovchi qizil chirog'ida harakatlanganligi holati aks etgan video lavha ijtimoiy tarmoqda tarqaldi va keng jamoatchilik e'tirozlariga sabab bo'ldi.

 

Buxoro viloyati IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borildi va haydovchi C.C.ga nisbatan BHMning 2 baravari, ya'ni, 490.000 so'm jarima jazosi belgilandi.

 

loading...