Ertaga katta asteroid Yer yaqinidan o'tadi

0

Bu yil Yer yonidan o'tib ketishi kutilayotgan asteroidlarning eng kattasi yakshanba kuni sayyoramizga yaqin keladi. Ammo, olimlar ushbu osmon jismi Yerga hech qanday xavf tug'dirmasligini aytib, odamlarni vahimaga tushmaslikka chaqirishmoqda.

AQSh kosmik agentligi NASAning xabar qilishicha, olimlar “2001 FO32” deb ataydigan mazkur ulkan kosmik toshning diametri bir necha yuz metrni tashkil etadi va Yerga taxminan ikki million kilometr masofada yaqinlashadi.  Bu masofa Yerdan Oygacha bo'lgan masofadan besh baravar ko'proqdir.

«Uning yo'nalishi Yer uchun xavfli emas»  dedi Yevropa kosmik agentligining asteroid  bo'yicha mutaxassisi Detlef Koschniy. Shuningdek,  havaskor astronomlar ushbu osmon jismini  maxsus uskunalar bilan ko'rishlari mumkinligini aytdi.

«Biz “2001 FO32” ning Quyosh atrofida aylanish yo'lini juda aniq bilamiz,  chunki u 20 yil oldin kashf etilgan va shu vaqtdan buyon kuzatib kelinmoqda» deydi NASAning Kaliforniyadagi markazi direktori Pol Chodas.

Quyosh atrofida har 810 kunda bir marta aylanib chiqadigan ushbu asteroid Yer atrofidan 124000 kilometr soat tezlik bilan uchib o'tadi.  Shundan so'ng “FO32” o'zining sayohatini davom ettiradi va 2052 yilgacha Yerga yaqinlashmaydi.

loading...