Ob-havo ma'lumoti

0

«O'zgidromet» xabariga ko'ra, 23 martda kunduz kuni respublikaning asosiy hududlarida yog'ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Ayrim joylarda shamolning 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Havo 15-20° iliqqacha, shimolda 7-12° iliqqacha isiydi.

 

Poytaxtimizda vaqti-vaqti bilan yomg'ir yog'adi, momaqaldiroq bo'lishi mumkin. Shamol 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 15-17° iliqni tashkil etadi.

 

Respublikaning tog' oldi va tog'li hududlarida ba'zi joylarda yog'ingarchilik (yomg'ir, qor) bo'ladi. Qor ko'chishi xavfi bor. Tuman tushishi mumkin. Ba'zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 8-13° iliq bo'ladi.

 

loading...