O'zbekiston Qurolli kuchlarida tibbiy ko'rikdan o'tkazish tartibi o'zgartirildi

0

O'zbekiston Qurolli kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy ko'rikdan o'tkazish to'g'risidagi nizomga o'zgartirish kiritildi.

Xabarga ko'ra, Prezident tomonidan «O'zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida»gi qaror imzolandi. Qaror bilan quyidagi hujjatlarga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritiladi:

Prezidentning 2017 yil 23 avgustdagi «O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi faoliyatini takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi;
O'zbekiston Qurolli kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy ko'rikdan o'tkazish to'g'risidagi nizom;
Prezidentning 2019 yil 28 iyuldagi «O'smirlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda O'zbekiston Qurolli kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar zaxirasini tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi qaroriga.
Shuningdek, Mudofaa vazirligi huzuridagi jamoatchilik kengashi tarkibi hamda Mudofaa vazirligi, Qoraqalpog'iston, viloyatlar hokimliklari huzuridagi jamoatchilik kengashining hududiy bo'linmalari namunaviy tarkibi yangilandi. Nizomga kiritilgan o'zgartirishlarga muvofiq, tuman (shahar) mudofaa ishlari bo'yicha bo'limlari huzurida hududiy tibbiy komissiyalar, Qoraqalpog'iston, viloyatlar va Toshkent shahar yig'ish punktlarida harbiy-tibbiy komissiyalar tashkil etiladi.

Bundan tashqari, yig'ish punktlaridagi harbiy-tibbiy komissiyalar va hududiy tibbiy komissiyalar o'z faoliyatini Prezidentning 2020 yil 6 martdagi «O'zbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy xizmatga chaqirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qaroriga, Qurolli kuchlarda tinchlik va urush davrida tibbiy ko'rikdan o'tkazish to'g'risidagi nizomga hamda boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.

 

loading...