Qanday qilib bosh og'rig'idan qutulish mumkin?

0

Stress yoki jismoniy zo'riqishdan keyin paydo bo'ladigan bosh og'rig'ini bir nechta oddiy usullar bilan to'xtatish mumkin:

-Xonani yaxshilab shamollating. Yotib, ko'zingizni yuming. 15 daqiqa davomida tinch yoki qorong'i xonada shu holatda bo'lish og'riqni yo'qotishga yordam beradi

-Sovuq kompress. Sovuq suv solingan idishga bir necha tomchi yalpiz yoki bir osh qoshiq lavandani soling, sochiqni namlab, so'ng peshonangizga qo'ying.

-Boshingizni yengil massaj qiling. Yengil silash harakatlarini peshonadan boshlab boshning orqa tomoniga, quloqlargacha davom ettiring. So'ng yelkalarni massaj qiling.

Sog'lom hayot