Ob-havo ma'lumoti

0

29 martda kunduz kuni O'zbekiston hududiga sovuq havo massasi kirib keldi. Toshkent, Sirdaryo, Jizzax viloyatlarida va Farg'ona vodiysi viloyatlarida ba'zi joylarda biroz yomg'ir yog'ishi mumkin, respublikaning qolgan hududlarida yog'ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba'zida esa 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 6-11° iliqgacha pasayadi.

 

Poytaxtimizda havo o'zgarib turadi, biroz yomg'ir yog'ishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 6-8° iliqni tashkil etadi.

 

Respublikaning tog'li hududlarida yog'ingarchilik (yomg'ir, qor), ba'zi joylarda kuchli bo'ladi, tuman tushishi mumkin. Qor ko'chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba'zida esa 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 2° sovuq-3° iliq bo'ladi.

 

Manba: O'zgidromet