Samarqandda 5 kishi zaharlandi. 4 nafari vafot etdi

0

Joriy yil 28 mart kuni soat taxminan 11:00 larda Samarqand shahri M.Shayxzoda MFY, Laxutiy ko'chasi 31-uyda vaqtincha yashovchi 5 nafar fuqarolar xonadonda o'rnatilgan isitish pechi (golland pechi) dan is gazi ajralib chiqishi natijasida zaharlanganlar.

Natijada, 4 nafar fuqaro vafot etib, 1 nafari esa kuchli zaharlanish alomatlari bilan RShTTYoIAM Samarqand filialiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

loading...