Toshkentda yo'l notekisligi sabab «Matiz»lar ishtirokida mudhish YTH sodir bo'ldi

0

Joriy yilning 30 mart kuni soat 14:00larda, Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko'chasida joylashgan «Qon quyish markazi» binosi ro'parasida haydovchi O.R. yo'l notekisligi sabab «Matiz» rusumli avtomobilida sekinlashgan vaqtida, ortida kelayotgan yana bir «Matiz» rusumli avtomobil haydovchisi Z.S. to'qnashib ketmaslik maqsadida rulni chap tomonga burgan. Keskin burilish natijasida haydovchi Z.S. boshqaruvidagi «Matiz» avtomobili oldindagi «Matiz»ning orqa chap tomoniga to'qnashib ag'darilgan. Bu haqda O'zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabar bermoqda.

️Hodisa natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo'q. Transport vositalariga zarar yetgan.

️Mazkur to'qnashuv yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas'ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

loading...