Masjidlarda Ramazon oyi va Taroveh namozlariga tayyorgarlik boshlandi — O'zbekiston musulmonlari idorasi

0

O'zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan Ramazon oyini munosib tarzda kutib olish, uni yuqori saviyada o'tkazish va Taroveh namozlarida mo'min-musulmonlarga qulay shart-sharoitlar hozirlash maqsadida masjidlarda tayyorgarlik ishlari boshlandi.

Jumladan, masjidlarda Taroveh namozlariga qulay shart-sharoitlarni hozirlash maqsadida, joriy yilning  10 aprel, shanba kuni “Ozodalik kuni” o'tkaziladi.

Koronavirus kasalligi bilan bog'liq murakkab vaziyat davom etayotganini inobatga olgan holda taroveh namozlarida sanitariya-epidemiologik nazorat kuchaytiriladi. Xususan, namozxonlar tibbiy niqobda bo'lish, oraliq masofani saqlash, tashrif buyuruvchilar tana haroratini o'lchash, antiseptik vositalardan foydalanish kabi karantin tartib-qoidalariga rioya qilinadi.