Sirdaryo va Jizzax chegarasida kuchli gumburlash ovozi eshitildi

0

Jizzax va Sirdaryo viloyatlari chegarasida kuchli gumburlash ovozi eshitildi. Bu haqda «Sirdaryo xabarlari» nashri xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 30 mart kuni kechasi taxminan soat 21:30 larda Sirdaryo viloyatining Sardoba tumani «Paxtakor» mahallasiga yaqin joy va Jizzax viloyatining Zarbdor tumanlari chegara qismida kuchli gumburlash ovozi eshitilgan.

Sardobada yashovchi mahalliy aholi vakillaridan birining so'zlariga ko'ra, mazkur gumburlagan ovoz gaz quvurining yorilishi yoki portlashi bilan bog'liq.

Hozircha mazkur hodisa yuzasida hech qanday rasmiy ma'lumotlar berilmagan.

sxabar.uz

loading...