Gulnora Karimovaga tegishli bo'lgan «Sijjak» oromgohi qanday ko'rinishga ega?

0

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent shahri va viloyatida bir necha ob'yektlar sotuvga qo'yilganini ma'lum qildi. Ular orasida O'zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimovning to'ng'ich qizi Gulnora Karimovaga tegishli bo'lgan «Sijjak» dam olish oromgohi ham bor.

Oromgohda mehmonxona, bir nechta hovuz, amfiteatr, kottej va boshqa inshootlar mavjud. Ushbu oromgoh 2017 yilning 10 fevralida Jinoyat ishlari bo'yicha Toshkent viloyati sudi ajrimi bilan musodara etilgan. Keyinchalik musodara qilingan ushbu hashamatli qarorgoh ichidagi barcha jihozlari bilan O'zbekiston Triatlon federatsiyasiga vaqtinchaga foydalanishga berildi. Ammo oxir-oqibat ushbu dam olish maskanini ommaviy savdolar orqali shaffoflik prinsipi asosida sotuvga qo'yishga qaror qilindi.

Ayni paytda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tasarrufidagi mazkur majmuaning umumiy yer maydoni bino va inshootlari bilan birgalikda 5,38 gektarni tashkil etadi. Spot «Sijjak» dam olish oromgohining agentlik tomonidan olingan panorama suratlarini taqdim etdi.

 

 

 

 

 

 

 

Manba: Daryo.uz

 

 

 

 

 

loading...