Mushuk kasal bolasini ko'tarib, shifoxonaga olib keldi (+video)

0

 

Turkiyaning Izmir shahrida joylashgan shifoxonalarning biriga mushuk kasal bolasini ko'tarib, olib keldi.

Ma'lum bo'lishicha, kasalxonada ishlovchi xodimlar ko'chada yashovchi ushbu mushukni vaqti-vaqti bilan ovqatlantirib turishgan. Mushuk hech qachon bino ichiga kirmagan, ammo kunlarning birida bolasini ko'tarib, shifokorlarning yoniga olib kelgan. Ko'p o'tmasdan mushuk bolasining kasal ekanligini aniqlashgan.

Tibbiyot xodimlari bino tashqarisidan mushukning aynan shunday xastalikka duchor bo'lgan ikkinchi bolasini ham topib kelishdi.

Ayni vaqtda mushuk bolalarining ahvoli yaxshi. Jonivorlarga kerakli tibbiy yordam ko'rsatilgan.

loading...