Qamoqxonalar xodimlari ham bodikamera bilan ta'minlanadi

0

Prezident “Jamoat xavfsizligini ta'minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish chora-tadbirlari to'g'risida”gi farmonni imzoladi.

Farmonga asosan mahkumlarni «elektron nazorati»ni ta'minlovchi axborot texnologiyalarini joriy etgan holda, jazoni ijro etish muassasalari faoliyatini bosqichma-bosqich raqamlashtiriladi.

Xususan:

  • xodimlar personal videoregistrator (bodikamera) bilan xizmatni o'tash tartibi tatbiq etiladi;
  • mahkumlarning jazoni o'tash tartibini buzish holatlarini aniqlash maqsadida kuzatish va mustaqil nazorat qilish imkoniyatiga ega intellektual kameralar («Smart») tizimi muassasalarga o'rnatiladi;
  • taqiqlangan buyumlarni olib kirish holatlarini aniqlash va oldini olish maqsadida muassasalarning nazorat o'tish joylarida bodiskanerlar o'rnatiladi;
  • jazoni o'tash jarayonida mahkumning xulq-atvori va shaxsi haqidagi «axborot portreti»ni tuzish va ozodlikka chiqishidan 2 oy oldin yashash joyi bo'yicha hududiy ichki ishlar organlariga xabar berish imkoniyatini beruvchi yagona elektron tizim yaratiladi.

lex.uz

loading...