Andijonda canoat hududidan yer olib berish uchun 50 ming AQSh dollar so'ragan shaxs qo'lga tushdi

0

50 000 AQSh dollari evaziga Andijon shahar shimoliy sanoat hududidan yer olib berishni va'da qilgan firibgar ushlandi. Bu haqda O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro U.N. fuqaro J.ni Andijon shahar sanoat hududida joylashgan o'ziga tegishli ko'chmas mulk ob'yektiga tutash bo'lgan yer maydonidan qo'shimcha yer uchastkasi ajratib berishni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali 50 000 AQSh dollari evaziga tegishli hujjatlarni rasmiylashtirib berishga ishontirib, oldindan 20 000 AQSh dollarini firibgarlik yo'li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan U.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.

loading...