Prokuraturaga ishga kirish uchun 30000 dollar so'ragan firibgar qo'lga olindi

0

O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi ichki xavfsizlikni ta'minlash boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari bilan hamkorlikda fuqaro I.E.ning arizasi asosida tezkor tadbir o'tkazildi.

Muallif arizasida “Nosir” ismli shaxs mansabdor yaqinlari orqali tanishi A.E.ni prokuratura organlariga ishga joylashtirish evaziga jami 30.000 AQSh dollari talab qilib, ushbu pullar hisobidan 5000 AQSh dollarini oldindan berishni so'raganligini bildirib, unga nisbatan qonuniy chora ko'rishni so'ragan.

Mazkur murojaat yuzasidan 2021 yil 4 aprel kuni o'tkazilgan tadbirda 2 nafar fuqaro Chilonzor tumanida joylashgan “Denov” choyxonasida ariza muallifi I.E.dan 5000 AQSh dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Departamentning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo'zg'atildi.

Gumondor shaxslar protsessual tartibda ushlandi.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

loading...